GAZ SANOATI KORXONALARINI MOLIYALASHTIRISH TIZIMINI ZAMONAVIY MEXANIZMLARI
##article.subject##:
zamonaviy mexanizmlar, moliyalashtirish tizimi, gaz sanoati##article.abstract##
: Mazkur ilmiy maqolada gaz sanoati korxonalarini moliyalashtirishning
zamonaviy mexanizmlari chuqur o‘rganilgan bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlar, xususan,
O‘zbekiston sharoitida energiya infratuzilmasini modernizatsiya qilish va investitsion
barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ilg‘or moliyaviy yondashuvlar tahlil etilgan. Tadqiqotda
an’anaviy davlat byudjeti va bank kreditlariga asoslangan usullar o‘rniga, zamonaviy, innovatsion
va institutsional moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish zarurligi asoslab berilgan. Asosiy
e’tibor loyihaviy moliyalashtirish mexanizmlariga qaratilgan bo‘lib, bunda moliyaviy xatarlar
barcha ishtirokchilar o‘rtasida qayta taqsimlanadi va xususiy investitsiyalarni jalb qilish
imkoniyati kengayadi. Davlat-xususiy sheriklik (DXSh) modeli esa kapital talab qiluvchi
infratuzilmaviy loyihalarning uzoq muddatli moliyalashtirilishini ta’minlovchi mexanizm sifatida
talqin etilgan. Shuningdek, maqolada “yashil moliya” vositalari – ESG mezonlariga asoslangan
loyihalarga sarmoya jalb etish, yashil obligatsiyalar chiqarish va xalqaro ekologik fondlar bilan
hamkorlik qilish imkoniyatlari keng yoritilgan. Muallif gaz sanoatida moliyalashtirish tizimini
takomillashtirishda davlat siyosati va ilmiy yondashuvlar o‘zaro integratsiyada bo‘lishi lozimligini
ta’kidlaydi.
Загрузки
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2025 "Iqtisodiyot va turizm" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnal

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.