KAMBAG’ALLIKNI ANIQLASHNING KONTSEPTUAL YONDASHUVLARI
##article.subject##:
muhtojlik, qashshoqlik, kambag‘allik, tengsizlik##article.abstract##
Mazkur maqolada dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolardan biri
kambag‘allik muammosiga bag’ishlangan. Kambag‘allik mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga
salbiy ta'sir ko'rsatadi. Kambag’alik muammosini o’rganishda ijtimoiy-darvinistik, ijtimoiytenglashtiruvchi yoki egalitaristik va statistik-sotsiologik yondashuvlarning tavsifi keltirilgan.
Kambag’allik muammosini tahlil etish evolyutsiyasi bosqichlari o’rganilgan. Kambag‘allik
turlarining qiyosiy tavsifi keltirildi: ob'ektiv (mutlaq va nisbiy) va sub'ektiv. Barqaror va suzuvchi
kambag‘allikning xususiyatlari tahlil etildi. Birlamchi va ikkilamchi kambag’allik turlarining
xususiyatlari keltirilgan. Shu bilan birga ijtimoiy, iqtisodiy va mintaqaviy kambag’allik turlari
haqida ma’lumot keltirilgan. Kambag’allik nisbiy kontseptsiyaning asoschisi ingliz sotsiologi P.
Taunsend tomonidan ko'p o'lchovli deprivatsiya tushunchasining moddiy va ijtimoiy
darajalarining tavsifi keltirilgan. Kambag'allikni o'lchashning uslubiy muammolari aniqlandi.
Kambag’allik darajasini miqdoriy va sifat jihatlarini baholash masalalari ko’rib chiqilgan.
Kambag'allik darajasini aniqlashning asosiy mezonlari o’rganilgan. Kambag'allik miqyosi,
chegaralarining iqtisodiy tavsiflari keltirilgan.