YASHIL IQTISODIYOT-BARQAROR RIVOJLANISHNING USTUVOR YO‘NALISHI SIFATIDA
##article.subject##:
ekologik barqarorlik, iqlim o‘zgarishi, yashil iqtisodiyot##article.abstract##
Maqolada yashil iqtisodiyotning maqsadlari sifatida uglerod gazini
kamaytirish, chiqindilarni qayta ishlashni kengaytirish, tabiiy ekotizimlarni saqlash va iqtisodiy
faoliyatni ekologik innovatsiyalar orqali transformatsiya qilish jarayonlari tahlil qilingan.
Shuningdek, maqolada barqaror ish o‘rinlari yaratish va aholi turmush farovonligini oshirish
masalalari ham muhokama qilingan. Yashil iqtisodiyot bugungi kunda barqaror rivojlanishning
ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Ushbu konsepsiya tabiiy resurslardan
oqilona foydalanish, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik va ekologik muvozanatni saqlash
tamoyillariga asoslanadi. Yashil iqtisodiyot an’anaviy iqtisodiy modeldan farqli o‘laroq, energiya
samaradorligini oshirish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish va ekologik
innovatsiyalarni joriy etishga qaratilgan. Mazkur maqolada yashil iqtisodiyotning asosiy
tushunchalari, tamoyillari hamda uning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi.
Yashil iqtisodiyot nafaqat ekologik muammolarni bartaraf etishga, balki yangi ish o‘rinlari
yaratish, innovatsion texnologiyalarni rivojlantirish hamda uzoq muddatli iqtisodiy barqarorlikni
ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bois, yashil iqtisodiyot strategiyasi global miqyosda muhim
ahamiyat kasb etib, kelajak avlodlar uchun barqaror va ekologik toza muhit yaratishga zamin
hozirlamoqda. Bundan tashqari, yashil iqtisodiyot sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarida ekologik
jihatdan xavfsiz texnologiyalarni joriy etish, chiqindilarni qayta ishlash va karbon neytrallik
tamoyillarini qo‘llash orqali atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga yordam beradi.
Shuningdek, u iqtisodiy islohotlar va investitsion loyihalarda ekologik me’yorlarga rioya qilishni
rag‘batlantiradi. Yashil iqtisodiyot global miqyosda iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurashda muhim
vosita bo‘lib, mamlakatlarning ekologik barqarorlikka erishishiga xizmat qiladi. U ekologik toza
mahsulotlar ishlab chiqarish va aholi farovonligini oshirish orqali ijtimoiy barqarorlikni ham
mustahkamlaydi. Yashil iqtisodiyot, bugungi dunyoda rivojlanish va ekologiya oʻrtasida
bogʻliqlikni ta’minlashga qaratilgan eng yangi konsepsiyalardan biridir. “Yashil iqtisodiyot” kursi
barqaror rivojlanish tamoyillari, strategiyalari va amaliyotlarini har tomonlama o‘rganishni taklif
etadi. U ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy tizimlarning o‘zaro bog‘liqligini o‘rganadi, iqtisodiy
qarorlar qabul qilish jarayonlariga ekologik mulohazalar integratsiyalashuvining muhimligi
to`g`risida fikr yuritadi. “Yashil iqtisodiyot”ga oʻtish jarayoni har bir mamlakat uchun alohida
ahamiyat kasb etib, tabiiy kapital, inson kapitali va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi
kabi xususiyatlarga bevosita bogʻliq holda sodir boʻladi. Ko‘p tarmoqli yondashuv orqali yashil
iqtisodiyot qayta tiklanadigan energiya, barqaror qishloq xo‘jaligi, chiqindilarni boshqarish va
yashil biznes modellari kabi mavzularni qamrab oladi.