BUXORO VILOYATI OILAVIY KORXONALARI FAOLIYATINI KOBBDUGLAS ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI ASOSIDA EKONOMETRIK TAHLIL QILISH
Keywords:
oilaviy korxonalar, Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasi, ekonometrik modellashtirishAbstract
Ushbu maqolada Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan oilaviy korxonalar
ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasi asosida ekonometrik
modellashtirish va tahlil qilish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot doirasida 2014-2023 yillar davri
uchun oilaviy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmi, ishlovchi
xodimlar soni va asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil
qilingan. Kobb-Duglas ishlab chiqarish funksiyasining parametrlari eng kichik kvadratlar usuli
yordamida baholangan va modelning statistik ahamiyatliligi Fisher, Styudent va Darbin-Uotson
mezonlari orqali tekshirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ishlab chiqarish hajmi 95,65
foizga tanlangan omillar bilan tushuntiriladi va ishchi kuchi hamda kapital omillarining elastikligi
mos ravishda 0,4882 va 0,7841 ni tashkil etadi. Shuningdek, darajaviy regressiya modeli
yordamida 2025-2029 yillar uchun oilaviy korxonalar hajmining prognozi ishlab chiqilgan.
Prognoz natijalari Buxoro viloyati yalpi hududiy mahsulotidagi oilaviy korxonalar ulushining
yildan-yilga barqaror o‘sib borishini ko‘rsatmoqda. Taqdim etilgan ekonometrik modellar viloyat
iqtisodiy siyosatini shakllantirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish strategiyalarini ilmiy
asoslashda qo‘llanilishi mumkin
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 "Economics and tourism" international scientific and innovative journal

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.