BUXORO VILOYATIDA GASTRONOMIK HAMDA AGROTURIZM IMKONIYATLARI TAHLILI

Авторы

  • Maxbuba Tulkinovna Ruziyeva

Ключевые слова:

Buxoro viloyati, gastronomik turizm, agroturizm, turizm imkoniyatlari, madaniy meros, qishloq xo'jaligi, turizm rivojlanishi

Аннотация

Ushbu maqola, Buxoro viloyatining gastronomik va agroturizm sohalaridagi imkoniyatlarni chuqur tahlil qilishga bag'ishlangan. Buxoro, O'zbekistonning qadimiy va madaniy boy viloyatlaridan biri bo'lib, uning noyob tarixiy, madaniy va tabiiy resurslari turizmni rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Maqola, Buxoro viloyatining an'anaviy oshxonasi, milliy taomlari va turli xil ziravorlarini o'z ichiga olgan gastronomik turizmning, shuningdek, viloyatning qishloq xo'jaligi faoliyatiga bevosita ishtirok etish imkonini beruvchi agroturizmning ahamiyati va rivojlanish istiqbollarini ko'rib chiqadi.

Tadqiqot, mahalliy taomlar va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini turistlarga taqdim etish orqali viloyatning turistik jozibadorligini oshirish mumkinligini ko'rsatadi. Bu, turistlarga Buxoro viloyatining boy madaniy merosi bilan tanishish va ularning hayot tarzini his qilish imkoniyatini beradi. Maqola, shuningdek, turizm tashkilotlari, mahalliy hokimiyat va tadbirkorlik subyektlari
o'rtasidagi samarali hamkorlikning viloyatning turizm sohasida barqaror rivojlanishiga qanday hissa qo'shishi mumkinligini ta'kidlaydi. 
Tadqiqotning asosiy topilmalari orasida, Buxoro viloyatida gastronomik va agroturizmni rivojlantirish uchun zarur bo'lgan strategik yo'nalishlar, mahalliy aholining iqtisodiy farovonligini oshirish, shuningdek, viloyatning tabiiy va madaniy resurslaridan samarali foydalanish yo'llari ajratib ko'rsatiladi. Maqola, Buxoro viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish uchun amalga oshirilishi kerak bo'lgan amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi. 

Библиографические ссылки

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4861 sonli 02.12.2016 dagi “O`zbekiston Respublikasining turizm sohasini jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoni

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 25-iyuldagi Oliy Majlisga murojaatnomasi

Хидирова Г. Р. Потенциал и пути развития международного экотуризма в Бухарском регионе Узбекистана //Современные инновации. – 2016. – №. 8 (10). – С. 41-43.

Хидирова Г. Особенности формирования внутреннего туризма в регионе //"Экономика и туризм" международный научно-инновационной журнал. – 2023. – Т. 2. – №. 10.

Хидирова Г. ИЧКИ ТУРИЗМ–ИНСОН МАЪНАВИЯТИНИ ЮКСАЛТИРИШНИНГ МУҲИМ ОМИЛИ СИФАТИДА //" Экономика и туризм" международный научноинновационной журнал. – 2021. – Т. 1. – №. 1.

Hall CM, Sharples L, Mitchell R, Macionis N, Cambourne B (eds) (2003).Food Tourism Around the World:Development, Management and Markets. Butterworth Heinemann:Oxford.

Çağlı, I. B. (2012). Türkiye’de Yerel Kültürün Turizm Odaklı Kalkınmadaki Rolü: Gastronomi Turizmi Örneği. Yayınlanmamış Yüksek Lisans Tezi. İstanbul Teknik Üniversitesi Fen Bilimleri Enstitüsü, İstanbul.

Ulugbek A., Uralovna T. S., Siregar S. L. DIGITALIZATION OF THE TRAVEL INDUSTRY-STATISTICS & FACTS: AN EXAMINATION OF UZBEKISTAN //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. – 2022. – Т. 10. – №. 11. – С. 240-249.

Загрузки

Опубликован

2024-05-04