REGIONAL ECONOMIC CONCEPT AND EVOLUTION OF FREE ECONOMIC ZONES IN REGIONAL ECONOMICS
##article.subject##:
evolyutsiya, mintaqaviy iqtisodiyot, Erkin iqtisodiy zonalar##article.abstract##
Mazkur maqolada mintaqaviy iqtisodiyotda erkin iqtisodiy zonalar (EIZ)
konsepsiyasining shakllanishi, institutsional asoslari hamda evolyutsion rivojlanish bosqichlari
nazariy va empirik yondashuvlar asosida kompleks tahlil qilinadi. Tadqiqotda EIZlarning
dastlabki eksportni rag‘batlantirish modelidan boshlab, kompleks sanoat-logistika zonalari
bosqichi hamda innovatsion texnologiyalar va raqamli boshqaruv mexanizmlariga asoslangan
“aqlli zonalar” konsepsiyasigacha bo‘lgan transformatsiyasi tizimli ravishda yoritilgan.
Xalqaro tajriba, jumladan rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar amaliyoti hamda
statistik ma’lumotlar asosida EIZlarning investitsiya oqimi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy
investitsiyalar hajmi, eksport diversifikatsiyasi, bandlik darajasi va hududiy raqobatbardoshlikka
ta’siri baholangan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, zamonaviy bosqichda EIZlarning
samaradorligi faqatgina fiskal imtiyozlar bilan emas, balki rivojlangan transport-logistika
infratuzilmasi, institutsional boshqaruv sifati, raqamli platformalar joriy etilishi hamda milliy
iqtisodiyot bilan vertikal va gorizontal integratsiya darajasi bilan belgilanadi. Maqolada EIZlar
mintaqaviy iqtisodiy o‘sishning strategik instrumenti, sanoatni modernizatsiya qilish va
innovatsion rivojlanishni jadallashtirishning muhim mexanizmi sifatida ilmiy asoslanadi.
Загрузки
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2026 "Iqtisodiyot va turizm" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnal

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.