YASHIL TURIZM VA “Z” AVLODNING TURISTIK FAOLIYATGA MUNOSABATI
##article.subject##:
ekologik xulq-atvor, Z avlod, barqaror turizm##article.abstract##
Mazkur maqolada yashil turizm konsepsiyasi va uning barqaror rivojlanish
jarayonidagi o‘rni yoritilgan hamda Z avlod (13-25 yoshlilar) ning yashil turizm xizmatlariga
bo‘lgan munosabati tahlil qilingan. Tadqiqot rejalashtirilgan xulq-atvor nazariyasi (TPB) asosida
bilim almashish, munosabat, subyektiv me’yor va idrok qilingan xulqni boshqarish omillarining
yosh iste’molchilarning yashil turizm xizmatlaridan foydalanish qaroriga ta’sirini aniqlashga
qaratilgan. So‘rovnoma natijalari shuni ko‘rsatadiki, Z avlod orasida yashil turizmga qiziqish
yuqori bo‘lsa-da, tushunchaviy bilim darajasi yetarli emas. Shu bilan birga, ekologik mas’uliyatli
xulq-atvor ko‘rsatkichlari (chiqindilarni saralash, resurslarni tejash, ekologik transportdan
foydalanish) yuqori darajada shakllanmoqda. Tadqiqot natijalari yashil turizmni rivojlantirishda
ekologik ta’lim, infratuzilma va davlat qo‘llab-quvvatlashi muhim omil ekanini tasdiqlaydi.
Загрузки
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2026 "Iqtisodiyot va turizm" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnal

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.