MINTAQAVIY EKSPORT SALOHIYATI TUSHUNCHASI VA UNING EVOLYUTSIYASI
##article.subject##:
mintaqaviy eksport salohiyati, eksport, hududiy iqtisodiyot, raqobatbardoshlik##article.abstract##
Mazkur maqolada mintaqaviy eksport salohiyati tushunchasining nazariy
asoslari, uning shakllanishi va evolyutsion rivojlanish bosqichlari tizimli ravishda tahlil qilingan.
Tadqiqot doirasida eksport salohiyati kategoriyasining iqtisodiy mazmuni klassik, neoklassik va
zamonaviy iqtisodiy nazariyalar nuqtai nazaridan yoritilib, uning hududiy rivojlanish omillari
bilan o‘zaro bog‘liqligi asoslab berilgan. Xususan, mintaqaviy eksport salohiyati ishlab chiqarish
resurslari, infratuzilma, innovatsion salohiyat, institutsional muhit va tashqi bozorlar bilan
integratsiya darajasi kabi kompleks omillar yig‘indisi sifatida talqin etiladi.
Maqolada mintaqaviy eksport salohiyatining evolyutsiyasi bosqichma-bosqich ko‘rib
chiqilib, uning dastlabki resurslarga asoslangan modeldan innovatsion va raqobatbardoshlikka
yo‘naltirilgan modelga o‘tish tendensiyalari ochib berilgan. Shuningdek, globalizatsiya va raqamli
transformatsiya sharoitida eksport salohiyatining yangi ko‘rinishlari, jumladan, yuqori qo‘shilgan
qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish, logistika tizimlarining rivojlanishi va xizmatlar eksportining
kengayishi bilan bog‘liq jihatlar tahlil etilgan.
Загрузки
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2026 "Iqtisodiyot va turizm" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnal

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.