BUXORO VILOYATI MISOLIDA SANOAT KORXONALARINING BARQAROR RIVOJLANISHINI TA’MINLASHDA MARKETING MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH
##article.subject##:
barqaror rivojlanish, sanoat korxonalari, Buxoro viloyati##article.abstract##
Mazkur maqolada Buxoro viloyati misolida sanoat korxonalarining barqaror
rivojlanishini ta’minlashda marketing mexanizmlarini takomillashtirish masalasi empirik tahlil
asosida yoritildi. Tadqiqot 2010–2024 yillar statistik ma’lumotlari hamda 2025 yil yanvar–sentabr
davri dastlabki ko‘rsatkichlariga tayandi. Natijalar sanoat mahsuloti hajmi nominal
ko‘rsatkichlarda keskin oshganini, real o‘sish esa 2022 yildan boshlab taxminan 6 foiz atrofida
barqarorlashganini ko‘rsatdi. Tarkibiy tahlil qayta ishlovchi sanoatning ustunligini aniqlab,
qo‘shimcha qiymat va eksport salohiyatini kengaytirishda marketing instrumentlari rolini
asoslaydi. Maqolada muammoli nuqtalar sifatida narx omiliga sezgirlik, bozor
diversifikatsiyasining yetarli emasligi hamda standartlar va ishonch kapitalining ahamiyati
ajratildi. Shuningdek, marketing mexanizmlarini takomillashtirishning oltita blokdan iborat
modeli taklif etildi: segmentatsiya va portfel boshqaruvi, raqamli marketing va CRM, eksport
marketingi, yashil marketing va eko innovatsiya, brend va hududiy sanoat imiji, KPI monitoring.
Загрузки
##submissions.published##
##issue.issue##
##section.section##
Лицензия
Copyright (c) 2026 "Iqtisodiyot va turizm" xalqaro ilmiy va innovatsion jurnal

Это произведение доступно по лицензии Creative Commons «Attribution» («Атрибуция») 4.0 Всемирная.