SANOAT KORXONALARIDA MARKETING TADQIQOTLARI O‘TKAZISHNING MIJOZLARGA YO‘NALTIRILGANLIKNI HISOBGA OLGAN HOLDA TIZIMLASHTIRISH
Keywords:
innovatsion marketing, CRM tizimlari, Big Data, raqobatbardoshlik, qayta aloqa tizimi, segmentatsiya, bozor tahlili, mijozlarga yo‘naltirilganlik, sanoat korxonalari, marketing tadqiqotlariAbstract
Ushbu maqolada sanoat korxonalarida marketing tadqiqotlarini mijozlarga
yo‘naltirilganlik tamoyiliga asoslangan holda tizimlashtirish masalalari yoritilgan. Mijoz
markazida bo‘lgan yondashuvning mohiyati, uning bozor sharoitida raqobatbardoshlikni
oshirishdagi ahamiyati hamda marketing tadqiqotlarining asosiy bosqichlari tahlil qilingan.
Shuningdek, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalari o‘rganilib, ularning mahalliy sanoat
korxonalarida qo‘llash imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqotda zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanish, mijoz ehtiyojlari va xulq-atvorini chuqur o‘rganish, qayta aloqa
mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Natijada, sanoat
korxonalarida marketing tadqiqotlarini tizimlashtirish orqali mahsulot va xizmatlarni bozor
talablariga moslashtirish, mijoz sodiqligini oshirish va resurslardan samarali foydalanish
imkoniyatlari asoslab berilgan
Downloads
Published
Issue
Section
License
Copyright (c) 2025 "Economics and tourism" international scientific and innovative journal

This work is licensed under a Creative Commons Attribution 4.0 International License.