BUXORO VILOYATI TURIZM QISHLOQLARI MISOLIDA QISHLOQ TURIZMINI RIVOJLANTIRISHDA EKOLOGIK MADANIYATNING ROLI

Авторы

  • Dilorom Xudaynazarova

Ключевые слова:

turizm qishlogʻi,, TQIBI, Ekologik madaniyat, Raqamli tayyorgarlik indeksi, barqaror rivojlanish, «Best Tourism Villages», mahalliy jamoa ishtiroki

Аннотация

Ushbu maqolada ekologik madaniyatning qishloq turizmining barqaror rivojlanishiga taʼsir
etuvchi omil sifatidagi oʻrni Buxoro viloyatining oltita turizm qishlogʻi — Shirin, Qasri Orifon,
Ushot, Oʻba, Xoʻja Orif va Afshona misolida tadqiq etilgan. Tadqiqot muallifning «Oʻzbekistonda
turizm qishloqlarini rivojlantirishning metodologik asoslarini takomillashtirish» mavzusidagi
doktorlik (DSc) dissertatsiyasida ishlab chiqilgan Turizm qishlogʻining integrallashgan baholash
indeksi (TQIBI) va Raqamli tayyorgarlik indeksi (RTI) metodologiyasiga tayanadi va uni ekologik
madaniyat oʻlchami bilan boyitadi. Oltita qishloqda 150 nafar respondent (mahalliy aholi va
turistlar) ishtirokida oʻtkazilgan soʻrovnoma asosida ishlab chiqilgan Ekologik madaniyat indeksi
(EMI) bilan TQIBI oʻrtasida izchil moslik aniqlandi: TQIBI yuqori boʻlgan Qasri Orifon (4,31) va
Shirin (4,25) qishloqlarida EMI mos ravishda 0,71 va 0,66 ni tashkil etsa, TQIBI past boʻlgan
Afshona (2,53) va Xoʻja Orif (2,80)da EMI 0,41–0,45 oraligʻida qoldi. Shuningdek, aholining 72
foizi ekoturizm tashabbuslarida ishtirok etishga tayyor boʻlsa-da, 45 foizi yetarli ekologik bilimga
ega emasligi aniqlandi. Maqolada Buxoro viloyati boʻyicha 2015–2024 yillar davomida 11 ta
tuman kesimida shakllangan panel maʼlumotlar asosidagi ekonometrik natijalar (qishloq aholisi
ulushi va aholi boshiga investitsiyalar omillarining statistik ahamiyatliligi) EMI bilan bogʻliq
xulosalarni qoʻllab-quvvatlaydi. Maqola yakunida EMIni «Buxoro turizm qishlogʻi koridori»
klaster modeli va Raqamli-operatsion signal indeksi (DSI) monitoring tizimiga integratsiyalash
boʻyicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Библиографические ссылки

UN Tourism. Best Tourism Villages by UN Tourism. Areas of Evaluation. 2026

Edition. Madrid, 2026.

UNESCO (2021). Environmental Education and Sustainable Development. Paris.

Lane B., Kastenholz E. (2015). Rural tourism: The evolution of practice and research

approaches – towards a new generation concept? Journal of Sustainable Tourism, 23(8), 1133

Sharpley R. (2002). Rural tourism and the challenge of tourism diversification: The case

of Cyprus. Tourism Management, 23(3), 233–244.

Pretty J. (2003). Social capital and the collective management of resources. Science,

(5652), 1912–1914.

Qodirov A.A. Hududlarda ekologik turizm salohiyatini barqaror rivojlantirish

mexanizmining metodologik uslubiy asoslarini takomillashtirish: diss. avtoref. – Samarqand,

– 68 b.

Karimova N. (2023). Ekologik madaniyat va barqaror rivojlanish. Toshkent: Fan.

Xamrayev A. (2024). Qishloq turizmi va ekoturizmning iqtisodiy samaradorligi.

Samarqand davlat universiteti ilmiy toʻplami.

Mirzayev B. (2022). Oʻzbekistonda ekoturizmni rivojlantirishning huquqiy asoslari.

Turizm va jamiyat, №3.

Sharipova M. (2021). Ekologik taʼlim va madaniyatning jamiyat rivojlanishidagi

ahamiyati. Toshkent: Iqtisod.

Oʻzbekiston Respublikasining «Turizm toʻgʻrisida»gi Qonuni, OʻRQ-549-son, 2019 yil

iyul.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2030 yilgacha boʻlgan davrda aholining

ekologik madaniyatini yuksaltirish Kontseptsiyasi»ni tasdiqlash toʻgʻrisidagi PQ-184-son qarori,

yil 15 may.

UN Tourism. Best Tourism Villages by UN Tourism. Areas of Evaluation. 2026

Edition. Madrid, 2026.

Ritchie J.R.B., Crouch G.I. The Competitive Destination: A Sustainable Tourism

Perspective. – Wallingford: CABI Publishing, 2003. – 290 p.

Dwyer L., Kim C. Destination competitiveness: determinants and indicators // Current

Issues in Tourism. – 2003. – Vol. 6, No. 5. – P. 369–414.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston – 2030» strategiyasi

toʻgʻrisidagi PF-158-son Farmoni, 2023 yil 11 sentyabr.

Загрузки

Опубликован

2026-07-27